Bo‘y o‘stiradigan mashqlar

Assalomu alaykum! Men kanaldan Olloh ato etgan narsani husn uchun o‘zgartirish mumkin emasligini o‘qidim. Yaqinda bo‘yim pastligi uchun bo‘yni o‘stiradigan mashqlarni boshlagandim, bu ishim xatomi? 2. Yana tishlarim egriligi uchun brikit qo‘ydirmoqchiman. Bunga shariatda ruxsat berilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Xato emas. Bu aybni ketkazishdir. Inson baquvvat bo‘lish choralarini ko‘rishi mumkin.
2). Agar ayb darajasida bo‘lmasa husn uchun bo‘ladi. Ba’zilarda tishi tufayli toam eysh, so‘zlash kabi holatlarda noqulayliklar bo‘ladi. Ular to‘g‘rilashlari mumkin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 10:01 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar