Kechikkan odamni sano aytishi

Assalomu alaykum! Maxfiy namozni 1-rakatiga va boshqa rakatlariga kelib qo‘shilgan odamni sanoni aytishi qanday bo‘ladi? Ya’ni qachon aytadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! مِنْهَا أَنَّهُ إذَا أَدْرَكَ الْإِمَامَ فِي الْقِرَاءَةِ فِي الرَّكْعَةِ الَّتِي يَجْهَرُ فِيهَا لَا يَأْتِي بِالثَّنَاءِ. كَذَا فِي الْخُلَاصَةِ هُوَ الصَّحِيحُ. كَذَا فِي التَّجْنِيسِ وَهُوَ الْأَصَحُّ. هَكَذَا فِي الْوَجِيزِ لِلْكَرْدَرِيِّ سَوَاءٌ كَانَ قَرِيبًا أَوْ بَعِيدًا أَوْ لَا يَسْمَعُ لِصَمَمِهِ. هَكَذَا فِي الْخُلَاصَةِ فَإِذَا قَامَ إلَى قَضَاءِ مَا سَبَقَ يَأْتِي بِالثَّنَاءِ وَيَتَعَوَّذُ لِلْقِرَاءَةِ. كَذَا فِي فَتَاوَى قَاضِي خَانْ وَالْخُلَاصَةِ وَالظَّهِيرِيَّةِ.
وَفِي صَلَاةِ الْمُخَافَتَةِ يَأْتِي بِهِ. هَكَذَا فِي الْخُلَاصَةِ وَيَسْكُتُ الْمُؤْتَمُّ عَنْ الثَّنَاءِ إذَا جَهَرَ الْإِمَامُ هُوَ الصَّحِيحُ. كَذَا فِي التَّتَارْخَانِيَّة فِي فَصْلِ مَا يَفْعَلُهُ الْمُصَلِّي فِي صَلَاتِهِ.
وَإِنْ أَدْرَكَ الْإِمَامَ فِي الرُّكُوعِ أَوْ السُّجُودِ يَتَحَرَّى إنْ كَانَ أَكْبَرُ رَأْيِهِ أَنَّهُ لَوْ أَتَى بِهِ أَدْرَكَهُ فِي شَيْءٍ مِنْ الرُّكُوعِ أَوْ السُّجُودِ يَأْتِي بِهِ قَائِمًا وَإَلَّا يُتَابِعَ الْإِمَامَ وَلَا يَأْتِي بِهِ وَإِذَا لَمْ يُدْرِكْ الْإِمَامَ فِي الرُّكُوعِ أَوْ السُّجُودِ لَا يَأْتِي بِهِمَا وَإِنْ أَدْرَكَ الْإِمَامَ فِي الْقَعْدَةِ لَا يَأْتِي بِالثَّنَاءِ بَلْ يُكَبِّرُ لِلِافْتِتَاحِ ثُمَّ لِلِانْحِطَاطِ ثُمَّ يَقْعُدُ. هَكَذَا فِي الْبَحْرِ الرَّائِقِ فِي صِفَةِ الصَّلَاةِ
(Masbuqning hukmlaridan:) Imom jahriy qiroat qilayotgan rakaatda namozga qo‘shilsa sanoni o‘qimaydi... (Imomdan) uzoq bo‘lsa ham yaqin bo‘lsa ham qulog‘i kar bo‘lsa ham... O‘tkazib yuborgan rakaatini o‘qish uchun turgach sanoni o‘qiydi va qiroat uchun taavvuz aytadi... Maxfiy namozda esa sanoni o‘qiydi... Imomni ruku’ qilayotgan yoki sajda qilayotgan holda topsa qaraydi, agar sanoni aytib ruku’ yoki sajdaga ulgura olishiga ko‘zi etsa tik turgan holda sanoni aytadi (so‘ng imomga ergashadi. Agar ulgurishiga ko‘zi etmasa sanoni aytmaydi va (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) imomga ergashadi... Imomni qa’dada topsa sanoni o‘qimaydi, balki namozga kirishish uchun takbir aytadi, so‘ngra egilish uchun takbir aytadi so‘ngra qa’da uchun o‘tiradi... (Fatovoi Hindiya). Vallohu a’lam!

29 Noyabr 2023, 11:10 | Savol-javoblar | 0 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar