"Usulul fiqh" kitobi borasida
BISMILLAHIR ROXMANIR ROHIYM. Alloh subhanahu va taologa U zotning saltanatining kengligicha hamdu sanolar bo‘lsin! Sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovatu durudlarning mukammali bo‘lsin! Faziylatli Shayx janoblari! Assalomu alaykum! Alloh taboraka va taolo Siz va barcha yaqinlaringizni O‘z panohida asrasin. Bu dunyo va oxiratingizni obod aylasin! Dini Islom yo‘lida qilayotgan samarali mehnatlaringiz ajrini bu dunyo va oxiratda ko‘paytirib bersin! Omiyn! Hazrat Siz taqdim etayotgan kitoblaringizni barchasi qatori "Usulul Fifqh" nomli kitobingizni ham sevib mutoala qilmoqdamiz. Ko‘plab bilmagan narsalarimizni o‘rganib xaqqingizga duoi haryrlar qilmoqdamiz. Faziylatli Shayx janoblari! "Usulul Fiqh" kitobining 115 bet ohirgi qatorida ijmo’ning borligi haqida ulamolarimiz keltirgan dalillardan ba’zilari sanab o‘tilib, jumladan: "bir ayolning ustiga ammasining yoki xolasining nikohi haromligi, buvilarning zakotdan oltidan bir ulush olishligi,..." jumlalari ishlatilgan. Mana shu jumlada: "buvilarning zakotdan oltidan bir ulush olishligi" degan ibora xato ketib qolmaganmikin? Buni o‘rniga:"buvilarning merosdan oltidan bir ulush olishligi" bo‘lishi kerak emasmi? Harzatim! Agar muloxazalarim xato bo‘lib, odobsizlik qilgan bo‘lsam meni afu eting! Hurmat va ehtirom ila Abdurrahmon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri aytasiz. Sizga tashakkur!
6 May 2022, 10:01 | Savol-javoblar | 146 | Kitoblar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri aytasiz. Sizga tashakkur!
6 May 2022, 10:01 | Savol-javoblar | 146 | Kitoblar