Taloq qilmoqchi bo‘lib fikrimdan qaytdim

Assalomu alaykum! Men ayolim bilan qattiq janjalllashib qoldim va uydan chiqib ketib. Bir birodarimga janjal bo‘lganini va ayolimga taloq aytmoqchi bo‘lganimni aytdim va uyga kelib ayolimga u gapni ayta olmadim. Mehrim uyg‘onib u bilan yana yarashib oldik. Shunday paytda taloq tushadimi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Og‘zingizdan taloq so‘zi chiqmagan bo‘lsa taloq tushmaydi. Birodaringizga aytgan gapingiz orzuingizni izhor qilish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:31 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar