O‘z o‘rnini sotib olish

Assalamu alaykum va roxmatuloxu va barokatux. Allox rozi bo‘lsin, sizga yana bir savol bilan murojaat qilyapman. Xozirda urchib ketgan o‘qishga pul evaziga kirish masalasida. Man xozir o‘qiyotgan fakultetimga uch yil imtixon topshirib uchinchi yil kirganman. Men (Alloh :jj kechirsin) uchinchi yil pul bilan kirdim. Bunga sabab bir ilmli kishi "siz topshirayotgan fakultetga faqat pul bilan kirish imkoni bo‘ladigan bo‘lsa, siz o‘z o‘rningizni sotib olgan bo‘lasiz va pul bersangiz bo‘ladi" degan va men pul bilan kirdim. O‘qishga kirganimdan so‘ng ko‘rdimki, xaqiqatdan xam 100% talabalar oldindan gaplashilgan, puli berilgan ekan. Men yuqoridagi gapni to‘g‘ri deb (Alloh :jj kechirsin) bilganimning birinchi sababi bu. Ikkinchisi esa imtixon kuni menga javoblari ko‘rsatilgan imtixon varaqasi olib kelinishi kerak edi.(albatta bu o‘sha pulning evaziga). Ammo ular shoshilinchda mening variantimni ishlamasdan qaytarib yuborgan va uni ishlash yana o‘zimga qoldi.(Bu narsa xam "men xalol o‘zim ishladim" deyishimga asos bo‘lgan (xatolikni Raxmon Zotning o‘zi kechirsin)) Va oxirgi kishi bo‘lib men o‘qishga kirdim. Endi so‘rayotganim, har ikki xolatda xam menga xukm qanday? Men to‘g‘ri qildimmi? Ilmli kishining gapi-chi? Bundan so‘ng men nima qilishim kerak? Alloh :jj sizdan rozi bo‘lsin, xaqqimizga, ota-onamning xaqlariga duo qiling. Ota-onamni va bizni Alloh :jj hidoyatida mustahkam qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qilingan ish noto‘g‘ri. Tavba qilish va bundan keyin bu kabi shini qilmaslik kerak.

6 May 2022, 10:01 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar