Attahiyyatni o‘qimasdan turish

Assalomu alaykum! Bir kishi peshinning 4 rakatli sunnat namozini o‘qiyotganda 2-rakatni o‘qib qa’dai uvloni qilmay turib ketdi. Tik turib Fotixadan biroz o‘qib keyin yana qaytib o‘tirdida, attaxiyatni o‘qib yana qaytib turib, 3-4-rakatni o‘qib bo‘lib sajdai saxv qildi. Biz "Birodar namoz buzildi" dedik. U kishi "Yo‘q, nafl namozlarda 2-rakatlarda o‘tirish farz, sunnat xam nafl namozi sifatida bo‘ladi", dedi. Shu gap to‘g‘rimi? Ko‘p kitoblarni ko‘rib javob topolmadik. Xamma kitoblarda 2-rakatda o‘tirish vojib deyilgan, deb yozilgan. Shuni ko‘rsatsak, bu farz namozlarga, deb aytayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz buzilmagan. Qayta o‘tirmasdan davom ettirganida yaxshi edi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:17 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar