Farzandning haqqi
Assalomu alaykum! Opam eri bilan ajrashgan, hozir bitta qizlari bilan bizni(ota-onamizni) uyimizda yashaydilar. Alhamdulillah, oziq-ovqat, kiyim kechak borasida qiynalganimiz yo‘q. Opamning ajrashishlarida Allohning katta hikmati bor ekan, sababi ajrashganlaridan keyin hijobga kirdilar, onam ham hijobga kirdilar, 5 mahal namozga, duo va istig‘forga qattiq berilganlar. Ajrashmaslaridan oldin onam ham opam ham zalolatda edilar. Hozir opam qizlariga Qur’onni o‘rgatyaptilar, jiyanim 4,5 yoshda 2 poraga yaqin yod olgan. Lekin opamning eri ham qaynonalari ham avvaldan sehr-jodu, issiq sovuq bilan shug‘ullanib, dushmanga qarshi tayoq sifatida foydalanib keladilar. Bizlarni ham sehr qilib kelyapti (bu narsa tushlarimizda bir necha bor bizga ochiq oydin bildirildi, o‘sha sehrning tasiradan ham ancha aziyat chekdik) sehrdan maqsadlari bizlarni o‘ldirish yoki kasal qilish. Xullas, "bizlarni otib tashlashga o‘q va qulay fursat topolmay yurishibdi". Biz esa ularning sehriga qarshi Alloh va uning rasuli o‘rgatganlaridek himoyalanishga harakat qilib kelmoqdamiz. Lekin ular sehr qilishdan to‘xtashmayapti. Savol: Opamning eri aliment to‘laydi va bayram kunlarida yoki jiyanimning tug‘ilgan kunida har xil kiyim kechak o‘yinchoqlar va shirinliklar olib keladi. Biz u olib kelgan o‘yinchoq va eguliklarni jiyanimizga bersak, ular sehr qilishgan bo‘lsa, jiyanimga zarar etishidan qo‘rqayapmiz. Ularni boshqalarga berib yuborsak jiyanimizning haqqi-ku. Nima qilishni bilmay qoldik, jiyanimizga zarar etishidan ham uning haqqini birovlarga berib, haqqiga zulm qilib qo‘yishdan ham qo‘rqayapmiz. Nima qilaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaxshisi sizlar o‘sha olib kelgan narsasini boshqalarga berib, o‘shaning evaziga bola muhtoj bo‘lgan narsani yoninglardan beringlar. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaxshisi sizlar o‘sha olib kelgan narsasini boshqalarga berib, o‘shaning evaziga bola muhtoj bo‘lgan narsani yoninglardan beringlar. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush