Uyda mavlud o‘qitish

Assalomu alaykum! Oyim mavlud o‘tqizmoqchilar, men izlash xizmatidan mavlud haqidagi savollarni qidirib o‘qib ularga o‘tqizmasliklarini aytdim. Opamlar esa hamma qilishadiku otin oyilar ruxsat berganku gunohkor bo‘lib qolmagin deganlari o‘ylanib qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xalqimizda mavlid to‘g‘risida noto‘g‘ri tushuncha bor. Har qachon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni siyratlarini o‘rganish uchun majlis tashkil qilish mumkin. Bu qaysidir o‘rinda vojib, qaysidir o‘rinda savobli amal hisoblanadi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirishimiz farz amal, keltirgan sunnatlariga amal qilishimiz ham kerak. Albatta bularni siyrat darslari kabi majlislar tashkil qilinib o‘rganiladi. Shunday bo‘lsa shak-shubhasiz joiz. Ammo o‘zi ham tushunmaydigan, eshituvchilar ham tushunmaydigan (xususan qishloq ayollarini arab tilini o‘qishini bilamiz), uni o‘qib hech qanday foyda olmay ketish noto‘g‘ri. Otin oyilarga ham tez-tez shunda majlislar uyushtirib ayollarga xos (hayz, nifos, er tutishdagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘rsatmalari) masalalarni targ‘ib qilish kerak. Ba’zi bir joylarda ertaklar o‘qib savob bo‘ladi deyb tushunadigan ayollar bor ekan. Bu noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar