Hullat nima?

Assalomu alaykum! "Hullat nima?" va bu maqomga erishgan kishilar deb kimlarni aytadi? Javob uchun oldindan Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom Zamahshariy “Hullat deb har bir hislatida senga muvofiq bo‘lgan hamda har bir tutumida sen bilan bir xil ish qilgan yoki seni uni u seni kamchiligingni to‘ldiradigan yoki har bir ishingizda daxldor bo‘ladigan kishiga aytiladi” deganlar. Bir qavlda esa sirdosh bo‘lgan zotni boshqa bir qavlda qalbi sendan o‘zgani sig‘dirmaydigan zotga aytiladi deyilgan. Bularning barchasi insonni insonga bo‘lgan hullatidir. Alloh taoloning bandaga bo‘lgan hullati esa Uning nusrati va madadi bo‘lishdan iborat. (Fathul Boriy). Vallohu a’lam!

5 May 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 142 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar