Unashtirilgan yigit va qiz
Assalomu alaykum! Men bir qizga unashtirilganman, savol-javoblar arxividan o‘qib chiqdimki, nomahram ikki balog‘atga etgan erkak va ayol hilvatda birga qolishsa, uchinchisi shayton bo‘ladi deyilgan. Meni savolim shundan iboratki, men zarurat tug‘ilsa (aslida juda kam ko‘rishamiz) unashtirilgan qizim bilan uchrashib (albatta hilvatda qolib emas ko‘chada) uyiga kuzatib qo‘ysam bo‘ladimi, joizmi? Biz u bilan ko‘rishganda ham vaqtni isrof qilmasdan diniy masalalarni gaplashib ilm almashamiz. (Allohga beadad shukrlar bo‘lsinkim Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblarini o‘qib kelamiz va kanalni muntazam ravishda kuzatamiz). Qimmatli vaqtlaringizni ayamay bizday bandalarga yordam berayotganingiz uchun Alloh savoblaringizni ko‘paytirib bersin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nikoh o‘qitilgunicha unday qilmanglar. Alloh qaytargan har bir ishning ortida insonning halokati yotadi. Qilar ishni qilib keyinchalik banda “nima gunoh qilgan edim” deb yuraveradi. Payg‘ambar alayhissalomdek zot bir ishda “in shaa Alloh” so‘zini qo‘shmaganlari uchun qanchali barakotdan mahrum bo‘lganlar. Hech bo‘lmasa ota-onalaringiz roziligi bilan nikohlanib olinglar. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 12:00 | Savol-javoblar | 192 | Oila va turmush