Madlarni turlicha cho‘zish

Assalomu alaykum ustoz.Masalan la ilaha illa anta subhanaka ni qiroat qilganda laa ilaha illa inta deyish ham laaaa ilaha illa anta deb o‘qish ham mumkun,ikkala tarzda alifni cho‘zib bo‘ladi,ya‘ni shunga o‘hshash joylarda alifni 1,2,3 yoki 4 miqdorgacha cho‘zish joiz.Endi hohshiga qarab bir vaqt buni 1 alif,boshqa vaqt 3 yoki 4 alif cho‘zib o‘qilaveradimi,ya‘ni bu ixtiyoriy narsami,yoki buni ham bir qoidasi bormi?Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom. Biror ilm va undagi qoidalar haqida gapirishdan oldin ularga doir istilohlarning mazmunini bilib olish kerak. Aks holda xatoga yo‘l qo‘yishi hech gap emas. Ilmda ustoz ko‘rishning foydasi mana shu kabi holatlarda yanada yaqqol seziladi. Shuni bilingki, bir alif ikki harakatga, boshqacha qilib aytganda, ikkita unliga to‘g‘ri keladi. Demak, to‘rt alif sakkiz harakat, uch alif olti harakat bo‘ladi. Ularni 4 unli, 3 unli deb talqin qilish xato hisoblanadi. Men mazkur kitoblarni ancha avval o‘qib chiqqanman va mazkur sahifalarda ham ko‘rganman. Shu bois sizga mazkur shaklda javob berganman. Inson birovga kulish o‘rniga, qilgan xatolari uchun yig‘lashi kerak. Shuni ham aytib o‘tish joizki, mazkur va boshqa o‘tgan azizlarimizni biz ustoz deb bilamiz, garchi ularga shogird bo‘lmasak ham. Ularning so‘zlari bosh ustiga, ammo dinimiz omonati undanda aziz.

3 May 2022, 19:51 | Savol-javoblar | 146 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar