Kimni gapiga ishonaylik

Assalomu alaykum! Telegram kanallarizda bir xabar keldi, Ro‘za oyida qolgan 4 kunlik kazoni birinchi ado etaymi yoki shovvol oyidagi 6 kunlik ro‘zanimi deganda sizlar qazoni debsizlar, lekin bir taniqli imom Oyisha onamiz avval shovvolni tutardim deb aytganlar va shunga misol buladigan bir kancha xolatlarni aytib utdilar imom. Xosh kaysi biriga ishonaylik? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohning buyrug‘i bo‘lgan farz ibodatlari ixtiyoriy bo‘lgan nafllardan ustun bo‘ladi. جاء في "حاشية إعانة الطالبين"(268/2):"ويجب قضاء ما فات ولو بعذر من الصوم الواجب  أي على الفور إن فات بغير عذر، وعلى التراخي إن فات بعذر" انتهى. والله تعالى أعلم “Xoshiyat I’onati Tolibiyn” kitobida : “Qazo ro‘zani tutish agar shar’iy uzr sababli qilingan bo‘lsa keyingi ramazongacha tutish ixtiyori bor. Agar shar’iy uzrsiz bo‘lsa haytdan keyinoq tutish vojib” deyilgan. Ushbu hukmga binoan sizni ham ramazondagi qoldirgan ro‘zangiz shar’iy uzr sababli bo‘lgan bo‘lsa avval shavvolni tutib, keyin qazolarni tutish mumkin. Aksincha bo‘lib, ya’ni shar’iy uzrsiz qoldirgan bo‘lsangiz avvalo qozoni tutish vojib, so‘ngra shavvolni tutish mumkin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 188 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar