Yana qayta hijob o‘rash

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni bir narsa juda qiyneydi. Allohga shkur 10 yoshimdan namozlarimni Alloh qodir qilganicha o‘qiyman ro‘za tutaman. Qishloq joyda turganimiz uchunmi o‘sha paytta hijob kiyganlarga juda qattiq munosabatta bo‘lishardi hatto opamni hijobdaligi uchun maktabga ham kirg‘azishmasdi. hatto uyimizga maktab derektori mahalla oqsoqoli kelib adamga agar qizingni ro‘molini echtirmasen sani terorist deb yozib beramiz deyishgan. Shu sababli adam manga ibodatini to‘liq qil qizim lekin hijob kiymay qo‘yaqol degan. Shundan man hijob kiymay yurishga o‘rganib qoganman. Hozir 21 yoshdaman 1 ta qizim bor. Allohga shukur erim ham iymonli kishi. Savolim shuki qanday hijobga kirsam bo‘ladi? Qanday duolarni o‘qisam Allohim menga iymonimni mustahkamlashimga va hijob kiyishimga yordam beradi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Alloh sizni qalbingizga O‘zi rozi bo‘ladigan ishni solibdi. Buni aslo kechiktirmang. Hamma vaqt “Ey qalblarni buruvchi Zot qalbimni dining va toatingda mustahkam qil” deb duoda bo‘ling. Shayton insonni Allohning toatidan qaytarish uchun ba’zi bir kishilarni ishga yollaydi. Ular mansabi, obro‘, maosh kabi o‘tkinchi narsalarga oxiratlarini sotib qo‘yadilar. Siz aytganingizdek terorist deb tuhmat qilishdan ham qaytishmaydi. Alloh esa ularga toki tavba qilsinlar deb muhlat beradi. Buni tushunganlar o‘zlarini va zurriyodlarini la’natdan saqlab qoladilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:38 | Savol-javoblar | 159 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar