Sumalakka pul qo‘shish

Assalomu alaykum! Qaynonam xudoyi-sumalak qimoqchilar, yaqinda pishiriq qilib magazinga topshirib ish boshladim. Shu daromadimdan sumalakka xissamni qo‘shaman savob bo‘ladi deb niyat qigandim. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizdagi odamlar sumalakni dinga bog‘lashadi. Aslida uni dinga zarracha ham aloqasi yo‘q. Dindan bexabar to‘qimachi kampirlar sumalak kavlasang duolaring ijobat bo‘ladi deb uydirmalarni ham to‘qib olishgan. Namoz o‘qib sajdada so‘ramaydi, ammo qozon kavlab so‘rasa ijobat bo‘ladi deydi. Nodonlik ham shunchalik bo‘ladimi? Shuning uchun qilmaganingiz ma’qulroq. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 10:23 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar