Ikki hil savol

Assalomu alaykum! Men bir kuni bir video ko‘rib qoldim. Unda shayx xazratmi bir odam 10.000.000 mashina olib 3 yil muddatga 13.000.000 sotsa bo‘ladi degan ekanlar. Hozirgi kunda ayrim do‘konlar mashina, texnika, telefon va xokazo buyumlarni shunday sotadilar. Buni hozigi kunda koridor deb nomlangan. Xozirgi kundagi kredit bilan hazratni aytganlar to‘g‘ri keladimi? Biz ham telefon mashina olsak bo‘ladimi? 2). Hanafiyman deb namozda boshqa mazhabni tutsa, qon chiqsa tahorat buzilmas ekan degan inson bilan baxs qilish ya’ni fitna chiqarma bizni diyorlarda hanafiy mazhabiga amal qilingan sen ham hanafiyga to‘liq amal qil desam hanafiyman deyapti. Nega unda qon chiqsa tahorat sinmaydi deyapsan nega namozing boshqacha desam u o‘zi o‘qiyotgan namozni bir amali mustahab savob, qon chiqishi tahoratni sinishiga Abu Hanifani Qur’ondan yoki sunnatdan dalili yo‘q dedi. Aytishicha sahobalar biror joyi qonasa namoz o‘qiyvergan ekan. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bankni aralashtirish to‘g‘ri emas. Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://savollar.islom.uz/s/85795 2). Qur’on yoki sunnatdan dalil yo‘q degani Abu Hanifaga tuhmat. Qon chiqsa tahorat ketishi haqidagi kelgan hadislar hanafiy mazhabini to‘liq quvvatlaydi. Chunki qon chiqsa ham namozni davom ettirganlar deb tahorat sinmaydi deguvchilar “Qon najosat, badan yoki kiyimga tegsa namoz o‘qish joiz emas” deb aytadilar. Endi o‘ylab ko‘ring, qon oqib tursa tahoratim ketmadi deb namoz o‘qigan odam kiyim yoki badanini najosatdan qanday saqlashi mumkin? Shialarda taqiya degan narsa bor. Ya’ni o‘zini haqiqiy e’tiqodini yashirib, odamlar inkor qilmaydigan nom bilan nomlanish. Bu shialardagi eng muhim jihat hisoblanadi va bu ishni ular joiz, balki shunday qilish kerak deb bilishadi. Hozirga kunda ba’zi bir shia tabiat insonlar paydo bo‘lishdi. O‘zlarini hanafiy deb nomlab, ommaga o‘zini mazhabni ushlagan qilib ko‘rsatib ahli sunna val jamoa e’tiqodiga zid e’tiqodni qiladi, hanafiy mazhabiga zid tarzda fiqhni buzadi. O‘zlari yolg‘iz qolganlarida bir-birini ustidan kulmoqchi bo‘lishganida “ey hanafiy” deb mazah qilishadi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 23:38 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar