Savdoga oid-2

Shayx hazratlari, Alloh sizni biz musulmonlarni islom ziyosi ila ma‘rifatlantirish yo‘lida qilayotgan ulkan ishlaringiz uchun O‘z dargohidan cheksiz ajru-savoblar ato etish ila mukofotlasin, inshaalloh. Shu asnoda sizga ushbu hizmatlaringiz uchun tashakkurlar aytgan holda bir savol ila murojaat etishga ijozat bergaysiz: Hazrat, sizning "Hadis va Hayot" asaringizni 11-juzini o‘qishim jarayonida menda bir savol paydo bo‘ldi. Ushbu savolning mazmunini quyida bayon etishga ijozat bergaysiz: Inson a’zolarini donorlik asosida sotish va sotib olish mumkinmi ? Javobingiz uchun oldindan tashakkur. Alloh ilmingizni yanada ziyoda va martabangizni O‘z huzurida yanada ulug‘ qilsin. Allohim qilayotgan hayrli ishlaringizni yanada barakotli va bardavom aylasin. Qimmatli vaqtingizni olganim uchun rozi bo‘lgaysiz. Alloh sizni va oila a‘zolaringizni hamisha O‘z panohida asrasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Inson a’zolarini donorlik asosida sotish va sotib olish mumkin emas.

6 May 2022, 10:23 | Savol-javoblar | 136 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar