Ichgan odamga yordam berish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men tez yordamda ishlayman. Bizga xar kuni yuzlab chaqiruvlar bo‘ladi. Xamma chaqiruvlarga borishimiz shart. Bazida qish kunlari ayniqsa shunday chaqiruvlar bo‘ladiki bekatda yoki ko‘chada spirtli ichimlik ichib yotib qolgan odamlarga borib qolamiz. Shunda ular o‘zini bilmay yotadi. Ularni shifoxonaga olib borib qo‘yamiz. Ular ichayotgan narsani Alloh harom qilganku. Shu harom narsani ichayotgan odamga qilgan yordamimiz evaziga Allohdan savob umid qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson sifatida yordam berishingizni zarari yo‘q. Ba’zi holatlarda yordam berish vojib ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:22 | Savol-javoblar | 185 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar