Janoza o‘qish mumkin bo‘lmagan vaqt

Assalomu alaykum! Aziz uztozlar, bilamizki janoza namozini quyosh chiqayotganda, tikkaga kelgan va botayotgan vaqtlarda o‘qish joiz emas. Agarda peshin namozini o‘qib bo‘lgandan keyin o‘qilsa joiz bo‘ladimi? Bu taxminan soat 13:30larda bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz bo‘ladi. Janozani uch vaqtdan boshqa har doim o‘qisa bo‘ladi. Janozaga borganlar namozlari ado bo‘lishi uchun ikki narsa shart. Biri tik turishlari, ikkinchisi imomning ortidan o‘zlari eshitiladigan qilib to‘rt takbirni aytishlari. Ko‘pchilik tik turadi, lekin imom takbir aytganda qo‘shilib takbir aytmaydi. Shu bilan ular janoza o‘qigan bo‘lmaydilar. Imom janoza o‘qishlaridan oldin aytib qo‘yishlari kerak. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar