Yolg‘on reklama

Assalomu alaykum! Bazi maxsulotlarni, misol uchun sharbat, kir yuvish kukuni, televizorda reklamasini ko‘rib qolamiz. Bularning bazilarida yolg‘on ishlatilinayotganini xam guvoxi bo‘lamiz. Misol uchun, 100% mevalardan tayyorlangan sharbat, kirlarni 100% ketkazadigan kukun va shunga o‘xshashlari. Bilamizki bundaylar xaqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va yolg‘onning bir turi xisoblanadi Vallohu a’lam! Shu yol bilan sotilgan maxsulotdan daromad olish xarommi? Javob uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular haqida “Kim makr qilsa bizdan emas” deganlar. Bu, dunyo matosini deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ummatligini sotish degani. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar