Qimmat baho operatsiyaga pul yig‘ish

Assalomu alaykum! Bir olti oylik chaqaloq Xosiyatxon ismli qizga orqa miya amiotrofiyasi goffman kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Bu kasallikni davosi bor ekan, lekin juda katta mablag‘ talab qilar ekan. Ya’ni 2,5 mln dollar. Shu mablag‘ni yig‘ish uchun telegramda gurux ochilgan. Xozirda yig‘ilgan mablag‘ 83ming dollardan oshgan. Shuncha mablag‘ yig‘ilganiga qaramasdan zakot va fidyalarni shu insonlarga bersak joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga zakot berish joiz emas. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 157 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar