G‘uslda burunga suv olish tartibi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, g‘usl qilganimda burunga suv olib mubolag‘asiz chaysam ko‘p hollarda gaymorit kasalligiga duchor bo‘lmoqdaman. G‘uslda burunni chayish masalasi qanday? Barmoqni xo‘llab turib burunni ichini yaxshilab yuvsam shuni o‘zi kifoya qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Burunni yumshog‘ining ichiga suv etkazish vojib. Achishadigan darajada qilish mustahab. Busiz ham g‘usl g‘usl bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 157 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar