Bazi bir savollar

Assalomu alaykum! Men ish xonamni yonidegi magazindan nasiyaga narsa olardim narxlar qimmat edi va qarzimni to‘lab bolganimdan keyin bir muddat o‘tgandan keyin kirib shirinlikni narxini so‘rasam 6000 so‘m dedi va 6000 so‘m bersam. Savdogar naxt bo‘lsa 5000 so‘m boladi didi. Shu savdoyimiz dinimizda joyizmi yani biron bir gunoxga sabab bo‘lib qolmaymizmi. Men universitetda o‘qiyman uydegilar kantraktimni bankdan kredit olib to‘lashdi. Endi men ikkilanib qoldim kantrakti ribo bilan tolangan soxada ertaga ishlasam ana shu topgan pulim xarom bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda naqdga arzonroq nasiyaga qimmatroq sotish joiz. Faqat ikkisidan biriga aniq qilib kelishib olish shart. Ribo sharti bilan olingan qarzning gunohi kasbingizga aloqador emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 174 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar