Emikdoshlik

Assalomu alaykum! Ona qizini farzandini ya’ni nabirasini emizgan. Shu onaning ikki qizi quda bo‘lishi mumkinmi? Ya’ni emizgan nabirasini singlisini boshqa qizini o‘g‘liga ya’ni o‘g‘il nabirasini olib berishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan surat joiz. Emizgan nabirasini bo‘lganda joiz bo‘lmas edi. Chunki emgan nabira bir jihatdan bolaga hola bo‘lib qolar edi. Ya’ni emgan nabirani emas o‘shani singlisini boshqa qizini o‘g‘liga olib berishi mumkin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 11:51 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar