Tahoratga qodir bo‘lmaslik

Assalomu alaykum! Misol uchun bir odam xasta yurolmaydigan bo‘lsa u odam tahoratni qanday olishi kerak? Tayammum ham qila olmaydigan bo‘lsa tahoratni qanday qilishi kerak? Xayolan tahorat olsa bo‘ladimi yoki tahorat olmasa ham bo‘laveradimi? Shu savolga javobini bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hatto tayammum ham qila olmaydigan odam, biror kishiga aytib tahorat qildiradi. Tahorat qila olmasa tayammum qildiradi. Ikkisiga ham qodir bo‘lmagan kishi kechiktirib turadi. Tahorat qildirib qo‘yadigan odam topilishi bilan tahorat yoki tayammum qilib namozni o‘qiydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:14 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar