Bir fatvo hususida

سم الله الرحمن الرحيم، والحمد لله رب العالمين، وصلى الله على محمد وعلى آله الطيبين الطاهرين. السلام عليكم ورحمة الله وبركاته محترم استاذ Fatvo:Tahorat qilayotganda ko‘zlar qattiq yumilmaydi. Aks holda ko‘z atroflariga suv etmasligi natijasida tahorat chala bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘zlar erkin yumib turiladi. Ochib ichiga suv etkazish shart emas.«Olamgiriya», «Sirojiya», «Qozixon», «Muhit».Ustoz bu fatvoni g‘uslda ham qo‘llasa bo‘ladimi,ya‘ni g‘usl qilayotganda ko‘zni engil yumib turib ustini yuvsa bo‘ladimi,yoki albatta ko‘zni ichini ham yuvish shartmi?Agar adashmasam bir kitobda g‘usl qilganda ko‘zlarni yummay turish kerak va ko‘z ichini ham yuvish kerak deb o‘qigan edim,lekin menga bu bir oz ozor etkazadi.Shuning uchun yuqoridagi fatvoga faqat tahoratda emas balki g‘uslda ham amal qilsam joizmi?Javobingiz uchun tashakkur.الحمد لله رب العالمين، وصلى الله على محمد وعلى آله الطيبين الطاهرين
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Toharatda ham, g‘uslda ham ko‘zning ichini yuvish shart emas. Yuqoridagi fatvoda ham ko‘zning ichi ko‘zda tutilmagan. Ko‘zning qattiq yumilganda qovoq va uning atrofidagi ba’zi bujmaygan joylarga suv tegmay qolishi ko‘zda tutilgan.

3 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 131 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar