Namozda rakatiga ulgurish

Assalomu alaykum! Namozda imom rukuga borganda bizlar ham qo‘shilib qoldik, ammo bir marotaba “subhana robbiyal a’zim” deyishga ulgurdik. O‘sha rakatga ulgurgan bo‘lamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulgurgan bo‘lasiz. Uch marotaba aytish shart emas. Shu erda namozga qo‘shilish tartibini bilib olish kerak. Takbiri ulo uchun tik turgan holatda takbir aytish kerak. Ruku’ga ketish uchun yana bir takbir aytib keyin ruku’ga ketish kerak. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar