Juma namozi haqida
Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Men to‘yxonada oshpaz bo‘lib ishlayman va shu to‘ylar sabab juma namoziga borolmaymiz, ayniqsa to‘y mavsumida umuman borishning iloji yo‘q, bosh oshpaz ruxsat bermaydi. Ruxsat bergan takdirda ham namozni o‘qiymizu namozdan keyingi zikrlarni qilmay chiqib ketamiz deydi, lekin biz xo‘p deb, zikrlarni oxirigacha bajarib chiqamiz, zikrlarni bajargani hech qancha vaqt ketmaydiku, 5 yoki 10 daqiqa farqi bo‘lishi mumkin degan maqsadda, biz bu ishimiz bilan yani boshliqni gapiga kirmaganimiz uchun gunohkor bo‘lib qolmaymizmi yoki zikrlarni bajarmay chiqishimiz kerakmi hamda tuy mavsumida juma namoziga vaqt tig‘izligi tufayli yani juma namoziga borsak mehmonlar kelib qolishi mumkin, ovqat tayyorlashga ulgurmaymiz, ish ko‘p deya ruxsat bermaydi, bu bilan gunohkor bo‘lmaymizmi? Juma namozi farzmi yoki vojib namozmi? Iltimos, hazrat to‘laroq qilib tushuncha bersangiz va maslahatizni ayamasangiz, Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Juma namoziga borish farz. Namozni qo‘yib boshqa ish qilish juda katta gunoh. Osh pishirib, benamozlarga tarqatish hech narsa emas. Bu ishni qilganlar gunohkor bo‘lish bilan birga, jumaga bormaganlari uchun ishlarning barakasi bo‘lmaydi. Jumaning farzini o‘qib, zikr va duolarni keyin qilsa ham bo‘ladi.
29 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 214 | Namoz