Cho‘chqa go‘shtiga ishlatilgan idishlar

Assalomu alaykum! Biz koreyada zavodda ishlaymiz. Zavodni ishchilar uchun xizmat qiladigan oshxonasi bor. Shu oshxonada hamma ishchilar kirib ovqatlanadi shu qatorda biz ham. Oshxonaning idish tovoqlarida koreyslar cho‘chqa go‘shti qo‘shilgan ovqatlarni tanovul qiladi. Biz ham shu idishlarda halol ovqatlarni oshpazlardan so‘rab surishtirib eymiz. Shu idishlarda halol ovqat esa bo‘ladimi? Oldindan kattakon rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Idish har qanday nopok bo‘lmasin uch marotaba yuvish bilan pok bo‘ladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar