Qarzdan manfaat olish
Assalomu alaykum! Men bir birodarimga xech qanday kelishuvlarsiz qarzga pul bergan edim. Qarzni qaytarish muddati etgach so‘rasam 1 xaftadan keyin qaytarishini va qo‘shimchasiga u kishi mening (pulga bitadigan) mushkulimni ham qilib berishini aytdi. Shu mushkulimni qilib berishi men uchun xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol emasda. Chunki har bir foyda keltirgan qarz ribodir. عَنْ أَبِي بُرْدَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَتَيْتُ الْمَدِينَةَ فَلَقِيتُ عَبْدَ اللهِ بْنَ سَلَامٍ فَقَالَ: أَلَا تَجِيءُ فَأُطْعِمَكَ سَوِيقًا وَتَمْرًا وَتَدْخُلَ فِي بَيْتٍ، ثُمَّ قَالَ: إِنَّكَ بِأَرْضٍ، الرِّبَا بِهَا فَاشٍ، فَإِذَا كَانَ لَكَ عَلَى رَجُلٍ حَقٌّ فَأَهْدَى لَكَ حِمْلَ تِبْنٍ أَوْ حِمْلَ شَعِيرٍ فَلَا تَأْخُذْهُ فَإِنَّهُ رِبًا. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Abu Burda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Madinaga kelib, Abdulloh ibn Salomni uchratdim. U menga:
«Qani, (biznikiga) yur. Saviyq va xurmo ediraman. Uyga kirasan», dedi.
So‘ngra yana gapida davom etib:
«Albatta, sen ribo tarqalgan erdasan. Agar sening biror kishida haqqing bo‘lsa, u senga bir ko‘tarim somonmi yoki arpami, hadya qilsa, olmagin. Chunki u ribodir», dedi».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Bu rivoyatda Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhuning ikki yaxshi fazllari, ya’ni mehmondo‘stliklari va taqvodorliklari zikr qilinmoqda.
Ribo tarqalgan joyda har qanday hadya ham ribo o‘rniga o‘tadigan bo‘lib qolishi Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhuning ijtihodlaridir. Chunki hadya beruvchi riboga olgan harom narsani hadya qilayotgan bo‘ladi. Yoki hadya deb, ribo berayotgan bo‘ladi. Ulamolarimiz «Foyda keltirgan har bir qarz ribodir», deganlar.("Hadis va Hayot" kitobidan). Foyda keltirgan har qanday qarz ribodir Qarz berganda odamlarga yordam berish, ularning hayotini engillashtirish iroda qilinadi. Shariatimiz qarzni foyda keltiruvchi manba qilib olishdan qaytargan. Shuning uchun qarz beruvchi o‘zi bergan qarzning aynan mislini olishgagina haqli bo‘ladi. Agar qarz berishda biror foyda shart qilinsa yoki shart qilinmasa ham, biror foyda qo‘shib berish urfga kirib qolgan bo‘lsa, yoki kimdir qarz olib, uni qaytarayotganda unga foyda qo‘shib berishni odat qilib olgan bo‘lsa, olingan foyda harom hisoblanadi. Masalan, «Falon so‘m qarz bersangiz, uyimdan ijaraga foydalanib turasiz, savdodan tushgan so‘mning har kunligini olib, foydalanib turasiz», «Mol olishga ketadigan kunimiz sizdan valyuta olamiz, foydalanganingiz evaziga valyutani bozor narxidan arzonga berasiz», «Hozir shu mashinangni qarzga berib tursang, yilning falon vaqtida senga yangi mashina olib beraman» va shu kabi shartlar asosida qarz berib, biror qo‘shimcha manfaat olish haromdir.
Qadimda musulmonlar o‘ziga qarz bergan kishining devori yoki daraxtining soyasidan foydalanishdan ham saqlanganlar. وعن إسماعيل بن إبراهيم بن عبدالله بن أبي ربيعة المخزومي، عن أبيه عن جده، أن النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ استلف منه حين غزا حنيناً، ثلاثين أو أربعين ألفاً، فلما قدم لقضاها إياه، ثم قال النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «بارك الله لك في أهلك ومالك، إنما جزاء السلف الوفاء والحمد» رواه ابن ماجه والنسائي Abu Robi’a Maxzumiy otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hunayn kuni mendan o‘ttiz yoki qirq ming qarz oldilar. Hunayndan qaytgach, qarzlarini menga qaytardilar. So‘ng: «Alloh ahling va molinga baraka bersin! Qarzning mukofoti uni to‘lash hamda rahmat aytishdir», dedilar. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat