Tobutni ko‘tarish

Assalomu alaykum! Ustozlar bu savolni bir ukamiz mendan so‘rab qoldi. Ukamiz “ayollar nima uchun janozada tobut ko‘tarishmaydi” deb so‘radi. Men “menda bu haqida ilm yo‘q. Ustozlardan so‘rab beraman, ular bu haqida dinda nima deyilgani haqida bilsa kerak” dedim. Buning hukmi nima bo‘ladi? Alloh sizu bizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erkaklar turganida xotinlar ko‘tarishiga hojat yo‘q. Mabodo erkaklar bo‘lmay ayollar ko‘tarishiga majbur bo‘lsa, ayollar o‘zlari janoza o‘qishlari, tobutni ko‘tarishlar va dafn qilishlari zimmalariga farzi kifoya bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar