Qoldirgan ro‘zam
Assalomu alaykum! Dushanba va payshanba kunlari ro‘za tutaman, lekin qazolarim bor. Ularni hisoblashning iloji yo‘q. Chunki nechchi yoshimdan tutganimni uydagilar xam bilishmaydi. Yoshligimizda uydagilar ro‘za tut desa tutib, tutma desa tutmaganmiz. Undan tashkari xomiladorligim va emizikli vaktimda xam tutolmaganman. 1). Endi dushanba va payshanba kungi ro‘zalarimni niyati nafl deyiladimi yoki qazomi? 2). Agar qazo bo‘lsa qachongacha qazo deb niyat qilinadi, chunki xisobini bilmaymanku? 3). Talabaligimda paxta mavsumida chidolmay kun yarmida ro‘zamni ochib yuborganman, qolgan kunlari ochib yuborishdan qo‘rqib ro‘za tutmaganman, qazolari qanday bo‘ladi? 4). Shu kungacha dushanba va payshanba kunlari nafl deb niyat qilib ro‘za tutayotgandim, davom etaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qazo tutasiz.
2). Hisobiga kelsa hisoblab g‘olibi gumon qanchaga bo‘lsa o‘shani qabul qilib tutib berasiz.
3). Ochib yuborishingiz biror a’zoga zarar etishi xavfi bilan bo‘lgan bo‘lsa, bir kuniga bir kun qazo tutib berasiz. Tutmasdan qoldirgan kunlarga ham shunday.
4). Endi qazo deb tuting. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 178 | Ro‘za