Qo‘rquv

Assalomu alaykum!Bir narsa meni o‘ylantiradi ko‘p tib kitoblarda ayrim vitamin etishmasligidan odamda qo‘rquv,vaxima bosishi va o‘shanday bemorlarga shu vitaminli narsalarni qabul qilsa shifo topishi haqida aytilgan buyurilgan faqat dinimizda bu narsani ma’naviy kasallik deb qaraladi.Shifokorlar manashunday kasallarga doim biron bir dori ezib beradi.Agar bu kasallik moddiy etishmovchilikdan bo‘lsa Payg‘ambarimiz va u zotga ergashgan musulmonlarni dinidan birbiridan ajratish uchun, ularga qarshi ayyorona fitna o‘ylab topdi o‘shanda musulmonlar uch yil ochlikda qiynalishiga qaramay qo‘rquvga,vaximaga tushmadi Payg‘ambariga ishondi matonat bilan sabr qildi hattoki ularga ayrim mushriklar ham lol qoldi.Demak bu erda vaximaga tushish iymonsizlik bo‘lib chiqayapdi.Iltimos mana shunday nozik masalani tushuntirib bersangiz!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tibbiyot insonni mo‘min yoki kofirga ajratmaydi. Umumiy qilib, insonda V vitamini etishmasligidan odamni qo‘rquv va vahima bosishi kuzatiladi – deyilgan. “Xutubotu hakimul umma” nomli kitobda Alloma Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayhning : “Mo‘min kishi uchun bandaning rizqga Alloh taoloning o‘zi kafil bo‘lganligiga iymon keltirishi uni hotirjam qiladi. Har bir mo‘min tanamda jonim bor ekan, albatta Alloh taolo rizqimni etkazadi degan aqidada bo‘ladi. Bu taqdirning sirlaridan biridir” deganlar. Mo‘min bo‘lmagan inson esa rizqni o‘zining qo‘lida deb biladi. Shuning uchun ko‘p ishidan ayrilganlar joniga qasd qilib ham yuboradi. Sahoba roziyallohu anhumlar rizq Alloh taolodan ekanligiga iymon keltirishda yuqori darajada bo‘lganlar. Ularni rizqdan ko‘ra iymonlarining tashvishi kuchli bo‘lgan. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 12:09 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar