Mushtlashuv haqida
Assalomu alaykum! Yoshim 24. Kundalik hayotimida bazi bir sabablarga ko‘ra odamlar bilan nizolar kelishmovchiliklar bo‘lib turadi. Ayrim odamlarning adolatsizlik qilishlari haddan ortib ketadi. Jahl ustida nizo mushtlashuvgacha borsa. Haq bo‘la turib mushtlashgan inson ham gunohkor bo‘ladimi? 2) O‘zini ximoya qilib mushtlashganchi? Haq bo‘la turib janjalni tark qilgan savob oladi deb eshitgan edim, lekin odamlarning manmanligiga, kibriga chidab bo‘lmaydigan holatlar ham uchrab turadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariat harom qilgan ish bilan tajovuz qilgan kishining qilmishiga munosib javob qaytarishga izn berilgan. Boshqa holatlarda esa afv qilish afzal va avlodir. وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، قَالَتْ: مَا خُيِّرَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ بَينَ أَمْرَينِ قَطُّ إِلاَّ أَخَذَ أَيْسَرَهُمَا، مَا لَم يَكُنْ إِثْمًا، فَإنْ كَانَ إِثْمًا كَانَ أَبْعَدَ النَّاسِ مِنْهُ، وَمَا انْتَقَمَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ لِنَفْسِهِ فِي شَيءٍ قَطُّ، إِلاَّ أَن تُنْتَهَكَ حُرْمَةُ اللهِ، فَينتَقِمُ للهِ تَعَالَى. مُتَّفَقٌ عَلَيهِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ikki ish orasida ixtiyor berilsa, modomiki gunoh bo‘lmasa, osonrog‘ini tanlaganlar. Agar gunoh bo‘lsa, odamlarning bundan eng uzog‘i bo‘lar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari uchun biror narsada hech intiqom olmaganlar, faqat Allohning taqiqlari oyoqosti qilinsagina, o‘sha narsa tufayli Alloh uchun intiqom olardilar».
Muttafaqun alayh.
Ammo shunga ham e’tibor qilish kerakki, ichi qora, niyati doim yomonlik bo‘lgan, nonko‘r kishilar ham bor bo‘lib, siz ularning zulmini kechirishingiz ularni yanada tug‘yonga ketishiga sabab bo‘ladi, yomonlikda cho‘qqiga chiqishadi, sizni go‘llikda ayblaydi. Shunday sifatdagi kimsalarga qarshi munosib javob qaytarishga izn berilgan. Lekin shunda ham afv qilishlik savobli ish bo‘lib qolaveradi. Alloh taolo Nahl surasida marhamat qiladi: وَإِنْ عَاقَبْتُمْ فَعَاقِبُوا بِمِثْلِ مَا عُوقِبْتُمْ بِهِ وَلَئِنْ صَبَرْتُمْ لَهُوَ خَيْرٌ لِلصَّابِرِينَ Agar iqob qiladigan bo‘lsangiz, o‘zingizga qilingan iqobga o‘xshash iqob qiling. Agar sabr qilsangiz, albatta, u sabr qilguvchilar uchun xayrlidir.
Agar sizga tajovuz qilganlarni iqob qiladigan bo‘lsangiz: «...o‘zingizga qilingan iqobga o‘xshash iqob qiling.» Oshirib yubormang. Oshirib yuborsangiz, tajovuzkor bo‘lib qolasiz. «Agar sabr qilsangiz...» Tajovuzkordan o‘ch olmasangiz, uni afv etsangiz... «...albatta, u sabr qilguvchilar uchun xayrlidir.» O‘rni kelganda, sabr qilib o‘ch olmaslik ham xayr bo‘lib, Islomga foyda keltirishi mumkin.
(Nahl surasi 126-oyat). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar