Bularni tushuntirib bersangiz iltimos

Yana bir rivoyatda keladiki: «Kimda-kim qaerdan mol topayotganiga e’tibor bermasa, Alloh ham uni do‘zaxning qaysi eshigidan kirishiga e’tibor bermaydi». Shuningdek, kimki o‘n dirhamga kiyim sotib olsa va pulning bir dirhami haromdan topilgan bo‘lsa, modomiki, o‘sha kiyim egnida ekan, Alloh uning namozini qabul qilmasligi rivoyat qilingan. Yusuf ibn Asbot roziyallohu anhu aytganlar: «Agar bironta yigit ibodatga berilsa, shayton o‘z yordamchilariga: «Qaranglar-chi, taomi qanday ekan?» deydi. Agar taomi yomon (harom) bo‘lsa, shayton: «Uni o‘z holiga qo‘yinglar, qiynalib harakat qilaversin. Sizlarga nafsi kifoya qiladi. Harom eb turib qilayotgan xatti-harakati unga foyda bermaydi», deydi». Rivoyat qilinadiki: «Har kecha-kunduz Baytul Maqdisda bir farishta: «Kim harom narsa esa, Alloh undan nafl ibodatlarni ham, farz ibodatlarni ham qabul qilmaydi», deb nido qiladi». Hazrat, bularni o‘qib juda mahzun bo‘lib qoldim...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Haromdan hazar qiling, hammasi yaxshi bo‘ladi.

26 May 2022, 19:33 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar