Eski yillardagi disklarni yig‘ish

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM. Alloh taologa O‘z jaloliga loiq xamdu sanolar bo‘lsin! Ortlaridan Nabiy yo‘q Zotga durudu salovotlar bo‘lsin! Xurmatli Abu Muslim, Assalomu Alaykum! Anchadan beri qani endi, Shayx janoblarini xursand qiladigan bir narsa topilib qolsa-yu shuni qilib U zotni xursand qilsam, deb yurardim. Savol javob saxifasining 15.03.2012 yilgi "savdo va tijorat" bo‘limida bir narsa uqib qoldim. Unda muazmunan shunday gaplar bor edi: "Muxtaram Shayx janoblari, Sizning bundan taxminan 10-15 yil avvalgi ma’ruza va da’vatlaringiz yozilgan 10 tacha audio kassetalarni disk ko‘rinishiga keltirgandik. Xozir shu disklarardan o‘zimiz foydalanmoqdamiz. Ulardan boshka karindoshlarga xam bermoqchi edik, albatta bunda sotish niyatimiz yuq. Shu ishni kilsak bo‘ladimi...?" Shayx Muhammad Sodiq xazratlarining javoblari: "-Agar imkon bo‘lsa, bizga ham bir nusxa beringlar. Shu munosabat bilan aytamizki, kimda bizning ovoz va suvratli yozuvlarimiz bo‘lsa, bir nusxa bersalar juda ham xursand bo‘lamiz. Chunki, ko‘pchilik o‘z marosimlarida va boshqa munosabatlarda yozib olgan bo‘ladilar". Xurmatli Abu Muslim aka! Meni taklifim quyidagicha: Shayx janoblarining turli munosabatlar bilan avvalgi yillardagi ma’ruza va audio kasetalardagi suxbatlarini jamlash borasida forumga va shu erga ham e’lonlar bersak. Odamlarda bunaqa disk va kasetalar anchagina bo‘lsa kerak. Shularni yig‘ib, jamlab, tartibga solib disk shakliga keltirib Janobimizga xadya etsak, U zotni xursad qilsak, juda yaxshi ish bo‘lardi. Shu kabi bir ishni qilib U zotni xursand qilish orzuim edi, afsus xozir bu erda emasman. Xurmat bilan Abu Abduraxmon!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
va alaykum assalom... yaxshi va o‘rinli takliflar... biz har yili tanlov e’lon qilganimizda alohida siz taklif qilgan masalalarni ham e’lon qilib turamiz... adashmasam uch-to‘rt yildan beri... ammo bularga ijobat qilganlar oz... Mazkur takliflardan ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirish uchun yaxshi mexanizm ishlab chiqish kerak... va shu mexanizm asosida takliflarni amalga oshirsa bo‘ladi... Demak sizdan o‘sha mexanizm formulasini kutib qolamiz...va assalomu alaykum...

6 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar