Sheriklarimni harom ishlari

Assalomu alaykum! Men Xorvatiyaga ishlash uchun kelganman. Musulmon birodarlarim bor. Mendan yoshlari katta. Hozir Xorvatiyada juda ko‘p ayollar yarim yalang‘och ko‘chada yuradi daryolarda cho‘miladi. Erga qarab yurishdan boshqa ilojim yo‘q. Sheriklarim menga Muslim ana uni qara qarab bularga ko‘zlarni sug‘orish kerak degan gaplarni aytishadi. Keyin har shanba, yakshanba aroq olib ichishadi bir xonada yashaymiz Alhamdulillah namoz o‘qiyman haqlariga duodaman ba’zida siqilaman shunaqa muhitda. O‘zlari yaxshi inson ba’zi bir xuluqlarini yomon ko‘raman. Onda sonda maruza eshitadi Soloxiddin domlani, Abdulloh domlani hursand bo‘lib ketaman. Yoshlari kattaligi uchun nasixat qilolmayapman. Qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Boshqa ish topib olish oson emas.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chiroyli uslubda odam yaratilgandan keyin Yaratuvchisi Allohni aytganlarini qilishi farz ekani, gunohlarni tark etish lozim ekani va ularning zararlarini tushuntiring, shu bilan sizning zimmangizdagi amru ma’ruf nahiy munkar soqit bo‘ladi, ular bilan yashash diningiz va axloqingizga zarar bersa boshqa joyga ko‘ching. Ularni haqqiga duoda bo‘ling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar