Sherik bilan hisob kitob

Assalomu alaykum! Sherigim bilan, eski oldi-berdilarni hisob-kitob qilib oldik. Uning hisobot natijasiga ko‘ra ham, mening hisobot natijamga ko‘ra ham, bir hil natijalar chiqdi. Ya’ni u 10so‘m qarz bo‘lib chiqdi. Muammo shundaki, u haqiqatdan olgan pullarni, eslay olmagani uchun, tan olmayapti-yu, lekin, pulini menga allaqachon berib bo‘lgan mulkdan, o‘zini qarzdor hisoblayapti. Tasodifan uning hisoboti, haqiqiy to‘g‘ri hisobot bilan bir xil chiqyapti. Aslida esa, uning hisoboti umuman xato. Natijalarimiz bir xil chiqqani uchun, indamay 10so‘mni olib ketaveraymi? Yoki talashib tortishib, mening hisobotim to‘g‘riligini isbotlashim shartmi? Agar, indamay 10so‘mni olib ketaversam, u odam o‘z nazarida shu 10so‘mni boshqa narsa uchun berdim deb hisoblaydi. Aytganimday aslida ham undan 10so‘m haqdorman. Javob uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Haqqingizni olib bo‘lgan bo‘lsangiz qaytib so‘ramang. عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّكُمْ تَخْتَصِمُونَ إِلَيَّ، وَلَعَلَّ بَعْضَكُمْ أَلْحَنُ بِحُجَّتِهِ مِنْ بَعْضٍ، فَمَنْ قَضَيْتُ لَهُ بِحَقِّ أَخِيهِ شَيْئًا بِقَوْلِهِ، فَإِنَّمَا أَقْطَعُ لَهُ قِطْعَةً مِنَ النَّارِ فَلَا يَأْخُذْهَا  Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar mening oldimga da’volashib kelasizlar. Ehtimol, ba’zingiz hujjat-dalil keltirishga ba’zingizdan ustaroqdir. Bas, kimning so‘zi bilan unga birodarining haqqini hukm qilsam, do‘zaxning bir parchasini uzib beraman, xolos. U buni olmasin», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

6 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar