Tog‘amning oilalariga fitr

Assalomu alaykum! Mening tog‘am 12 yil oldin vafot etganlar. Ularning ota-onalari ham (doda va buvim) vafot etishdi. Ularning 3 nafar farzandlari bor. Qizlarini uzatdik, katta o‘g‘illari bu yil "Turin"ni tamomladi, kichkinasi 9-sinfni. Ikkala o‘g‘illari ham pul topishadi, ayollari uyda tikish-bichish va kiyim-kechak savdosi bilan pul topadilar. Ularga doimo qarindoshlar yordam berib turishadi, ro‘zg‘orga, kommunal to‘lovlar, kontrakt to‘lovi uchun. Uylarini ham chiroyli qurib berishdi, to‘yini chiroyli o‘tkazdik. Hozirda hamma narsasi etarli deyish ham mumkin. Lekin baribir oyimning, dodamning va tog‘amning ruhlari shod bo‘lishi uchun uladga yordam qilishni xohlayman. Shaxsiy mablag‘im va mulkim nisobga etmagan, lekin shunday bo‘lsa-da ularga fitr bersam bo‘ladimi? Pulini emas, ro‘zg‘or uchun eguliklar olib borsam bo‘ladimi? Yoki ular sadaqaga zor bo‘lmaganlar qatoridami? (Lekin ko‘p qarindoshlarimiz zakot va fitrni ularga berishadi). Javob uchun rahmat. Iltimos, bu savolni e’lon qilmasangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 131 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar