Masjid ichiga oyatlarni yozish
Assalomu alaykum! Bizni mahalladagi masjidimiz 4-5 yil avval kapital remont bo‘lgandi. Shunda masjid ichiga (sajda qilinadigan tomonning devoriga) oyatlar va uning tafsiri yozilgandi. 3 yil avval bizga yangi imom noib keldilar va bu ishni ko‘rib makruh, bunday qilish joiz emas debdilar. Namoz o‘qib turgan odam o‘sha oyatlarni o‘qisa namozi buziladi debdilar. Shu haqda tushuntirish bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘rib ma’nosini tushinishi bilan namoz buzilmaydi. Tarjimasini ovoz chiqarib o‘qimasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 159 | Aqiyda