Bu haq qanday haq?

Alloh Siz Shayx hazratlarini ikki Dunyoda ham ko‘p-ko‘p yaxshiliklar bn mukofotlasin!Muhtaram Shayx hazratlari, bir holat bo‘yicha Shariatning ko‘rsatmasiga muhtoj bo‘lib turibmiz...Ko‘pchilikka ma‘lumki, hozirgi kunda Oliy O‘quv yurtlariga abiturentlar turli yo‘llar bn kirishmoqda , shulardan eng mashxuri "ilmli inson"ni pul berib o‘zining o‘rniga imtihonga kiritish. Bunda o‘rniga kiruvchi shaxsga qalbaki imtixonga kirish varaqasi tayyorlanadi, ba‘zi insonlar bn xavfsizlik kelishilib olinadi.Ushbu xolatda topiladigan pulning xukmi qanday bo‘ladi?Yana bizni qiziqtirgan holat shuki, ushbu ishga aralashib qolgan bir birodarimiz o‘rtada vositachi bo‘lib turgan ya‘ni "ilmli inson" bn " bo‘lajak talaba" o‘rtasida. Ularni oldi berdisi shu o‘rtakash yordamida bo‘lgan, ammo o‘rtakash kelishilgan pulni bir qismini "ilmli insonga" bermay, o‘zi ishlatib qo‘ygan.Hozir esa, "ilmli inson" o‘z "haqqini" talab qilyapti. O‘rtakash esa o‘sha pulni "ilmli insonga" bermay, uni sadaqa qilib yuborishni o‘ylayapti...Savol shuki, "ilmli insonni" bu haqqi qanday haq??O‘rtakash kelishilgan pulni unga bermay sadaqa qilib yuborsa to‘g‘ri bo‘ladimi yo o‘rtakashda "ilmli insonni " haqqi qolib ketgan bo‘ladimi??Savol uzun va noo‘rin bo‘lsa ma‘zur tuting, javobiga muhtojmiz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu harom ish. Unda haq degan narsaning o‘zi ‎bo‘lmaydi.‎

6 May 2022, 14:25 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar