Aza tutish joizmi

Assalomu alaykum! 1. Bundan 1 hafta oldin otam olamdan o‘tdilar. Shu sababli biz qizlari va onamlar 1 yilgacha pardoz qilmay, televizorlar ko‘rmay ro‘mol o‘rab yurishimiz kerakmi? 2. Xudo nasb qilsa o‘g‘il farzandli bo‘lsam farzandimga otamni ismlarini oldiga "Muhammad" ismini qo‘shib "MuhammadUsmon" deb qo‘ysam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Avratlarni bir yil emas bir umr berkitishingiz shart. Xotindan boshqalarga aza tutish uch kun. Undan keyin pardoz andozni aza uchun tark etish harom amal hisoblanadi. Marhumning xotini to‘rt oy o‘n kun idda o‘tirishi vojib. Undan keyin aza tutishi gunoh. 2). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 14:25 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar