Hajga borish
Assalomu alaykum! Bir odamning ikki o‘g‘li uylangan, bir uyda yashashadi. Shu holatda otaning hajga borishi mumkinmi? 2. Biz tomonlarda emizikli bola suv ichgan piyoladan ota onasidan boshqa kishilar piyolani yuvib ichishadi. Bu haqda dinimizda biron nima deyilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar hajga borib kelguncha etadigan mablag‘i bo‘lsa zimmasiga haj qilish farz bo‘ladi. O‘g‘illarini uyli qilish otaning vazifasi emas. Zimmasiga haj farz bo‘lgan odam haj qilmasdan o‘lib ketsa quyidagi hadisga tushadi.
Haj farzligi haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ko‘plab hadislar rivoyat qilingan bo‘lib, shulardan birini keltirish bilan kifoyalanamiz . Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilingan sahih hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Islom besh narsaga bino qilingan: “La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh sollallohu alayhi vasallam” deb shahodat keltirish, namoz o‘qish, zakot berish, Ramazon ro‘zasini tutish, Baytullohni haj qilish”, deganlar. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadislarida: “Kim hajga qodir bo‘lsayu, uni tark qilsa, xohlasa yahudiy bo‘lib o‘lsin, xohlasa nasroniy bo‘lib o‘lsin uning uchun farqi yo‘q”, deganlar.
2. Unday gap yo‘q. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 14:58 | Savol-javoblar | 139 | Haj va umra