Otam namoz o‘qishimga qarshi

Assalomu alaykum! Yoshim 16da, onam va men Alloh dilimizga solgani uchun Alhamdulilloh 5 vaqt namoz o‘qiymiz, lekin bunga otam qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Xattoki onam bilan meni uydan xaydashgacha bordi. Qo‘shnilarni yig‘ib qarg‘ab “senlar joynamozni xoram qilishmagin namoz o‘qib” deb urishdi. Biz xozirda buvamnikidamiz, men Allohga tavakkal qildim. Juma kunlari masjidda jamoatdan otam uchun duo va insof tilab duo olaveraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni holatingiz yangilik emas. Bu holat bir necha sahobalar boshlariga tushgan va ular bu holatdan go‘zal tarzda chiqib ketishgan. Bu erda sabr qilish va otaning haqqiga duo qilishdan boshqa narsa yo‘q. Yaxshilik qilishda davom etavering. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar