O‘g‘rini gunohga sherik bo‘lish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar! Allohga shukurki 5 maxal namoz o‘qiyman. Kasbim telefon va kompyuterlarni qayta dasturlash (programma proshivka) ishi bilan shug‘ullanaman. Bir kuni oldimga bir yigit keldi kimmatbaxo telefon ko‘tarib ekrandagi kodini ochib bering esimdan chiqib qoldi deb va men xizmat xaqqini kelishib ishini bitirib berdim. Oradan yana vaqt o‘tib yana boshqa bir telefon olib keldi yana o‘sha kodlangan xolda kodini ochib bering deb ishini qilib berdim. Rahmat aytib chiqib ketdi. Shunda oldimda bir odam turgan edi u bolani telefon o‘g‘irlash ishi bilan shug‘ullanishini aytdi va men u bolani nima ish bilan shug‘ullanishini xabar topdim. Yana oradan vaqt o‘tib yana oldimga xizmat bilan keldi shu yana telefon kodini ochish ishi bilan ochib turing men 1 soatlarda kelaman deb telefonini tashlab ketdi va men ishini bitirdim yani kodini ochib u bola kelguncha tayyorlab ko‘ydim. Shu payt o‘ylanib qoldim to‘xta bu bola o‘g‘rilik qilib gunox ish qilmoqda va men o‘sha bolani shu ishlariga sherik bo‘lib qolmayapmanmikan deb va men telefonini o‘zim xoxlagande telefon ekranini o‘z xolide qilib kodlab ko‘ydim. Keyin u bola keldi va men qo‘limdan kelmadi eplay olmadim uddalay olmadim deb qaytarib berib yubordim. Shu qilgan ishim to‘g‘rimi? Agar ishini bajarib o‘zi rozi bo‘lib xizmat xaqqini bersayu men olsam uni qilgan gunox ishlariga sherik bo‘lib qolar edimmi? Yoki ishini bajarib xizmat xaqqi olishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sherik bo‘layapsiz. Ochib bermang, imkoni bo‘lsa, imkoni bo‘lsa, egasiga qaytarishga yordam bering. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 14:58 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar