Kim bo‘lgan
Assalomu alaykum! Aqidatut Tahoviyada Allohga nisbatan ishqni qo‘llab bo‘lmaydi deyilgan, ammo aksar Tasavvufchilar shunday deydi. Yana yor, may ham mumkun emas deyilgan. O‘ylashimcha mayni din dushmanlari ataylab Umar Hayyomniki bo‘lmasa ham yozishadi. Ammmo "yor" bilan "ishq"ni nima deyish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bir narsani yaxshi tushuning, bizgacha hamma masalalarni to‘liq o‘rganib bo‘lingan. Ixtilofli masalalar ham oxirgi nuqtasigacha etkazib qo‘yilgan. Shunday masalalar borki ular haqida ikki xil fikr bor. Kimdir birini olgan, boshqa yana boshqasini olgan. Aniq 100% qaysi biri to‘g‘ri ekanligi Alloh taoloning huzurida ma’lum bo‘ladi. Ixtilofli masalalar hozirgi kunda jamiyatimiz ahli etib kelgan bir birini boshiga uradigan darajadagi emas. Lekin afsus, afsus ba’zi bir insonlarning tabiati ajoyib bo‘lar ekan. Bir inson bir masalaga qalbi taskin topsa u inson o‘sha qalbi taskin topgan kishining qarshisiga chiqib boshqa tarafni gapini keltirishga, munozara uyushtirib mag‘lub qilishga, fursat topib qolganda sharmanda qilishga harakat qilar ekan. Yana ba’zilari hozirgi kunda na diniy va na dunyoviy foyda keltirmaydigan masalalarni qo‘zg‘ab bilganicha gapirib bilmaganlarni ustidan g‘oliblik nashidasini surishga harakat qilar ekan. Siz so‘ragan masalalarning hammasi ham hech qanday chuqur o‘rganishga arziydigan masalalar emas. Muhimroq narsalar bilan shug‘ullaning. Insonlar sizni bergan savolingiz va bizni bergan javobimizni o‘qib hayotida eng muhim, qiynalib turgan narsasini o‘rganishiga sababchi bo‘ling. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 14:58 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar