Qush tezagi
Assalomu alaykum! Qush tezagi biror katta yoki kichik suv idishiga tushsa u suvni hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Go‘shti eyiladigan va havoda turib tezak tashlaydigan kabutar, chumchuq kabi qushlarning tezagi pokdir. Qadimdan Masjidul Harom va boshqa masjidlarda kabutarlar boqib kelingan.
Ibn Umar roziyallohu anhuning ustilariga kabutar tezak tashlaganda, artib tashlab, namoz o‘qiganlari ma’lum. Xuddi shunday holat Ibn Mas’ud roziyallohu anhuning ustilariga chumchuq tezak tashlaganda ham bo‘lgan.
Shuningdek, imom Abu Hanifa va Abu Yusufning nadida go‘shti eyilmaydigan va havodan tezak tashlaydigan lochin, qirg‘iy va qarg‘a kabi qushlarning tezagi ham pok. عَنْ رَاشِدِ بْنِ سَعْدٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْمَاءُ لَا يُنَجِّسِهُ شَيْءٌ إِلَّا مَا غَلَبَ عَلَى لَوْنِهِ أَوْ طَعْمِهِ أَوْ رِيحِهِ. رَوَاهُ الطَّحَاوِيُّ Roshid ibn Sa’ddan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Suvni hech narsa najas qilmaydi. Illo, uning rangiga, ta’miga va hidiga g‘olib kelgan narsagina qiladi», dedilar».
Tohaviy rivoyat qilgan.
Lekin unday (oqar suv yoki o‘nga o‘n bo‘lib hovuchlab suv olinganda eri ochilib qolmaydigan) bo‘lmasa, najas tushgan suv ham najasga aylanadi.
Demak, mazkur hajmdan kichik bo‘lgan hovuzga najas tushsa, undagi suv ham najasga aylanadi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 07:31 | Savol-javoblar | 190 | Halol va harom