O‘zgalarni suxbatini yashirincha yozdirib olish
Assalomu alaykum! Men onamni ko‘rgani qizlik uyimga tez-tez borib turaman. Tabiyki Ona bola o‘rtasida o‘zaro sirlashib gaplashib o‘tiriladi. Shu paytda har safar ukamning hotini nimalarnidur baxona qilib kirib telefonini diktofonini yoqib yonimzga qo‘yib ketarkan. Oyilaviy muommolar haqida ko‘p gaplashardik, singlimni turmushi bo‘lmay uyga qaytib kelgan edi ko‘proq shuni qanday echim qilamiz deb gaplashardik. Yozdirib olganlarini onasiga va katta kelinimizga eshittirar ekan. Bilib qoldik uyda katta janjal bo‘ldi. Ukamga hotinini aybini aytsak bizni yomon ko‘rib hotinini yonini oldi. Hozir ukam bilan munosabatimiz yaxshimas. Lekin onam bilan kelinlani g‘iybat qilmagan edik. Shunchaki Oyilaviy sirlarimizi ko‘chaga tarqatganiga achchigimiz keldi. Kelinimizmi qilgan ishi gunoxmi. Hozir ham past kelmay ota onamga bemalol qattiq gapirib yuripti. Qanday yol tutaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Keliningiz sizlarning suhbatingizni o‘g‘rincha eshitishga haqqi yo‘q edi. O‘zgalarning suhbatiga ularning roziligisiz quloq tutishning og‘ir gunohligi borasida oyati karima va hadisi shariflarda va’idlar vorid bo‘lgan.
Alloh taolo “Hujurot” surasi 12-oyatida «Josuslik qilmanglar», – deb bu qabih ishdan qaytargan. Odatda, birovga yomonlik etkazish niyatida ayblarini va zaif joylarini, o‘ziga bildirmay, yashirincha izlashga «josuslik» deyiladi. Bu ish ham katta gunohlardandir. Chin musulmon kishining qalbi bu kabi jirkanch odatlardan pok bo‘lmog‘i zarur. Boz ustiga, bu ish Islom dinining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lmish insonning karomati, hurmati, izzati va obro‘sini himoya qilish masalasiga chambarchas bog‘liqdir. Islom mazkur huquqlarning muqaddasligini e’tirof etadi, ularning hech bir holda poymol bo‘lmasligining chorasini ko‘radi. Islom jamiyatida insonlarning jonlari, molu mulklari, uy-joylari omonlikda, sir-asrorlariyu yashirin narsalari bexatar bo‘lishi zarur. Hatto jinoyatning oldini olish bahonasi bilan ham odamlarning ortidan josuslik qilishga ijozat yo‘q. Hukm ochiq-oydin ko‘rinib turgan ishga qarab chiqariladi. Gumon qilishga, shubhalanishga va poylashga hech kimning haqqi yo‘q.
Badgumonlik josuslikka yo‘l ochishini aytib o‘tgan edik. Endi josuslik g‘iybatga yo‘l ochishini aytmoqchimiz. Shuning uchun ham oyati karimada «josuslik qilmang» degan.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: مَنْ تَسَمَّعَ إِلَى حَدِيثِ قَوْمٍ، وَهُمْ لَهُ كَارِهُونَ، صُبَّ فِي أُذُنِهِ الْآنُكُ، وَمَنْ تَحَلَّمَ بِحُلْمٍ كُلِّفَ أَنْ يَعْقِدَ شَعِيرَةًIbn Abbosdan rivoyat qilinadi:
«Kim gaplashib o‘tirgan qavmning gapiga ular istamagan holda quloq solsa, (qiyomat kuni) uning qulog‘iga qo‘rg‘oshin quyiladi. O‘zi ko‘rmagan tushni «Ko‘rdim», deb gapirgan kishiga (qiyomat kuni) qilni bog‘lash taklif qilinadi».
Sharh: Bir qavmning gapini ularga bildirmay, ular istamagan holda eshitib olish josuslik bo‘ladi, bu esa Islomda jiddiy jinoyat hisoblanadi.
Ko‘rmagan tushni «Ko‘rdim», deb gapirish ham katta gunoh ekan. Ko‘pchilik o‘zini yaxshi ko‘rsatish, boshqalarga taqvodor, fazilatli qilib ko‘rinish uchun «Falon-falon tushlarni ko‘rdim», deb gapiradi. Buning qiyomatdagi oqibati juda ham og‘ir bo‘lar ekan, Alloh taolo O‘zi saqlasin. (“Adab al-mufrad” kitobidan). Vallohu a’lam!
2 Avgust 2022, 21:52 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar