Sug‘urta haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sug‘urta kompaniyalari tomonidan taqdim qilinayotgan ta’riflar ya’ni misol uchun 13 oy davomida har oy ma’lum summa sug‘urta kompaniyasiga o‘tkaziladi va 13 oydan so‘ng yig‘ilgan summaga qo‘shimcha 2% sug‘urta mukofoti ham qo‘shib beriladi. Ushbu summa dinimiz negizida halolmi yoki xarom? Agar niyat qilinganda faqat pul yig‘ish uchun niyat qilinsa va 2% sug‘urta pulini exson qilib yuborsachi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Islomda o‘zaro yordamlashish sug‘urtasi bor. Bu xuddi faqir-miskinlarga yordam berib turish uchun tuzilgan hayriya fondiga o‘xshaydi. Mabodo xayriya o‘tkazuvchi o‘zi ham xayriyaga muhtoj bo‘lib qolsa undan foydalanib turish huquqiga ega bo‘ladi. Siz aytatgan sug‘urtani negizi nimaga qurilganidan bexabarmiz. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 12:09 | Savol-javoblar | 173 | Halol va harom