Jannatiy mo‘minning ruxi

Assalomu alaykum! Men maruzalarda eshitudim u erda ta’kidlanishicha jannatiy mo‘min xayoti dunyodan o‘tkandan keyin solix banda bo‘lsa ruxi chiqishi bilan jannat daraxtidagi osilgan qushning jig‘ildoniga joylashadi deyilgan. Iltimos bu xaqida malumot bering. Bu oyatdanmi, xadisdanmi xadis bo‘lsa saxixmi yoki zaifmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ma’ruzada noto‘g‘ri tarjima qilinibdi yoki siz noto‘g‘ri tushunib olgansiz. Hadisning matni quyidagicha keladi: عَنْ مَسْرُوقٍ، قَالَ: سَأَلْنَا عَبْدَ اللهِ عَنْ هَذِهِ الْآيَةِ: {وَلَا تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ قُتِلُوا فِي سَبِيلِ اللهِ أَمْوَاتًا بَلْ أَحْيَاءٌ عِنْدَ رَبِّهِمْ يُرْزَقُونَ} قَالَ: أَمَا إِنَّا قَدْ سَأَلْنَا عَنْ ذَلِكَ، فَقَالَ: «أَرْوَاحُهُمْ فِي جَوْفِ طَيْرٍ خُضْرٍ، لَهَا قَنَادِيلُ مُعَلَّقَةٌ بِالْعَرْشِ، تَسْرَحُ مِنَ الْجَنَّةِ حَيْثُ شَاءَتْ، ثُمَّ تَأْوِي إِلَى تِلْكَ الْقَنَادِيلِ، فَاطَّلَعَ إِلَيْهِمْ رَبُّهُمُ اطِّلَاعَةً»، فَقَالَ: هَلْ تَشْتَهُونَ شَيْئًا؟ قَالُوا: أَيَّ شَيْءٍ نَشْتَهِي وَنَحْنُ نَسْرَحُ مِنَ الْجَنَّةِ حَيْثُ شِئْنَا، فَفَعَلَ ذَلِكَ بِهِمْ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ، فَلَمَّا رَأَوْا أَنَّهُمْ لَنْ يُتْرَكُوا مِنْ أَنْ يُسْأَلُوا، قَالُوا: يَا رَبِّ، نُرِيدُ أَنْ تَرُدَّ أَرْوَاحَنَا فِي أَجْسَادِنَا حَتَّى نُقْتَلَ فِي سَبِيلِكَ مَرَّةً أُخْرَى، فَلَمَّا رَأَى أَنْ لَيْسَ لَهُمْ حَاجَةٌ تُرِكُوا Masruqdan rivoyat qilinadi:
«Abdullohdan mana bu «Alloh yo‘lida o‘ldirilganlarni aslo o‘lik hisoblamang! Yo‘q, ular tirikdir, Robblari huzurida rizqlantirilmoqdalar», degan oyat haqida so‘radik. U: «Ha, bu haqda biz ham so‘raganmiz. U zot bunday deganlar: «Ularning ruhlari yashil qushlarning ichida bo‘lib, ular uchun Arshga osig‘liq qandillar bor. Ular jannatda istagan joylarida sayr qilishadi. Keyin o‘sha qandillarga qaytib kelishadi. Shunda Robblari ularga tajalliy qilib, «Biron narsa istaysizmi?» deydi. Ular: «Axir biz jannatda istagan joyimizda sayr qilib yurgan bo‘lsak, nima ham istaymiz?» deyishadi. U Zot ularga uch marta shunday qiladi. Ular qo‘ymay so‘ralayotganlarini ko‘rib, «Ey Robb! Ruhlarimizni jasadlarimizga qaytarishingni istaymiz, toki Sening yo‘lingda yana bir marta o‘ldirilaylik», deyishadi. Shunda U Zot ularning hech narsaga ehtiyoji yo‘qligini ko‘rgach, so‘ralmay qo‘yiladilar». Vallohu a’lam!

13 May 2022, 12:53 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar