Sherikchilikdagi qurbonlik
Assalomu alaykum! Qubolik uchun ukamga qo‘y olib kel devdim manga uyda qolgan ukam o‘zigayam olaman deb borgan. Ovolgi yili biz safarda edik dadamga qo‘y olib qurbonlik qilin desam mani pulimdan olib o‘zlarini nomlariga aytib so‘ydiribdilar o‘tgan yili o‘zim olib so‘ydim ukam xam olib so‘ydi ikkishiga vojib edi dadmga vojib emas edi omadik keyin ko‘ngillari sal xira bo‘bdi. Bu yil xayvon olgani borganda uchchalamizga olamiz deb borishgan keyin qo‘ylar qimmat ekan bita mol olamiz uch kishiga arzon tushadi deb mol olishibdi. Shu arzon tushadi degan niyat qurbolikni buzmaydimi va mol olishdan oldin qo‘y ko‘rib yurganda ukam o‘tgan yilgi qurvonligini go‘shi yog‘lik chiqqan shuni o‘ylab dadam man yog‘lik go‘sh emiyman deganlarida keyin mol olaylik xam orzon tushadi degan ukam shunga ko‘nishgan. Shu niyatlar qurbolikni buzmaydimi? 2-savol man xar 3 yoki 4 yil qurbonlikdan chetta ishda bo‘ganman dadamga qo‘y olib so‘yin qurbonlikka desam xar yili uzlarini nomlaridan so‘ydirgan ekanlar shuni pulini man berganman va man niyat qilganman kimi nomiga bo‘ladi. Keyin safardagi kishiga qurbolik vojib emas deb eshittim nisob egasi bo‘lsaxammi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Buzmaydi.2). Otangiz sizning nomingizdan qurbonlik qilishni niyat qilishi kerak edi. O‘sha yillar uchun qurbonligingiz durust bo‘lmagan. Uning qiymatini sadaqa qiling.3). Bizning urfda chet eldagi har qanday insonga musofir deyish joriy bo‘lib ketgan. Ammo fiqhga ko‘ra chet eldagi har kim ham musofir sanalmaydi. Vatanidan tashqarida ishlab yurgan inson bir qishloq yoki shaharda 15 kun yoki undan ko‘p muddat turishni niyat qilib turgan bo‘lsa u muqim hisoblanadi va unga qurbonlik vojib. Vallohu a’lam!
4 Oktabr 2023, 20:02 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar